» » O‘zbekistonda pedagog xodimlar 5 yilda bir marta malaka oshirishi shart etib belgilandi

O‘zbekistonda pedagog xodimlar 5 yilda bir marta malaka oshirishi shart etib belgilandi


2019-yilning 1-yanvaridan respublikadagi har bir ta’lim muassasasidagi xodimlarning kasbiy malaka darajasini va individual kasbiy ehtiyojini hisobga olgan holda har besh yilda bir marta malaka oshirishi zarurligi inobatga olinib nazorat qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilingan edi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi “Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra pedagog xodimlarning malakasini oshirish davomiyligi uni tashkil etish shakllariga hamda pedagog xodimning kasbiy malaka darajasini va individual kasbiy ehtiyojini hisobga olgan holda buyurtmachi tomonidan belgilanadigan talablarga bog‘liq holda aniqlanishi aytib o‘tilgan.

Shuningdek, endi pedagog xodimlar 5 yilda kamida bir marta malaka oshirishi shart. Yo‘qsa, ma’lum choralar ko‘rilishi va hatto kasbdan chetlatish holatlari ham kuzatilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют