» » O‘zbekistonda pensiya yoshi oshirilishi mumkin

O‘zbekistonda pensiya yoshi oshirilishi mumkin


O‘zbekiston hukumati tomonidan 1993-yil qabul qilingan Pensiya to‘g‘risidagi qonunga muvofiq, pensiyaga chiqish uchun talab etiladigan yil staji ayollar uchun 20 yil, erkaklar uchun 25 yil etib belgilangan. Pensiya tizimini isloh qilishga qaratilgan yangi konsepsiyada bu talab bekor qilinmagan. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati bo‘lim boshlig‘i Shuhrat O‘taganovga tayanib, Sputnik xabar bermoqda.

“Sobiq Ittifoqda 1956-yil pensiya to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan bo‘lsa, pensiya yoshi ham, pensiyaga chiqish talabi ham o‘sha-o‘sha turibdi. Yangi ishlab chiqilayotgan konsepsiyada ko‘pchilikni qiynaydigan bir masala bor — pensiya yoshini oshirish. Hozirda bu ishni amalga oshirish uchun xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganayapmiz. Uzoqqa bormaylik, o‘sha 1956-yilda qabul qilingan qonun barcha Hamdo‘stlik mamlakatlarida amalda bo‘lgan. Lekin sobiq ittifoq parchalangach, ya’ni 1990-yildan keyin har bitta davlat o‘zining pensiya tizimini qaytadan ko‘rib chiqdi.

Sobiq ittifoq davlatlarida qo‘shni mamlakatlar — Qozog‘iston va Qirg‘izistonda pensiya yoshi ayollar uchun 58, erkaklar uchun 63, faqat Turkmanistonda 57 (ayollar) va 62 (erkaklar) etib o‘zgartirilgan. Yoki misol uchun o‘tgan yil Rossiyada ham pensiya yoshi isloh qilindi, oshirildi. Davlat rahbari darajasigacha bu masala ko‘tarildi, lekin ularda bu qonun qabul qilindi. Hozir bu masala ustida o‘ylayapmiz, bizga konsepsiyani 2020-yil yanvar oyigacha tugatish borasida Prezident tomonidan topshiriq berilgan. Biz bu masalani o‘rganamiz, yakuniy konsepsiya loyihasida pensiya yoshini oshiramizmi yoki bosqichma-bosqich oshiramizmi, bu masala albatta, ko‘rib chiqiladi”, — deya tushuntirdi O‘taganov.

O‘taganov, konsepsiyadagi ikkinchi — fuqarolar e’tiborini jalb qilishi mumkin masala haqida ham esga oldi. Bu talab etilgan staj tushunchasi.

“Hozir bizning qonunchiligimizda pensiya tayinlash uchun kamida 7 yil ish staji bo‘lishi kerak. Xalqaro mehnat tashkilotining talabi bo‘yicha pensiya tayinlash uchun 10 yildan 15 yilgacha minimal ish staji bo‘lishi kerak. Ko‘pgina rivojlangan davlatlarda bu ko‘rsatkich 15 yildan ham ortiqni tashkil qiladi. Faqat O‘zbekistonda bu minimal talab sobiq ittifoq davlatlari orasida eng kichik — ya’ni 7 yilni tashkil etadi”, — dedi Pensiya jamg‘armasi vakili.

Ta’kidlanishicha, hozirda bu talabni ham oshirish masalasi o‘rganilmoqda. Ehtimol bu ishni ham bosqichma-bosqich, ya’ni har yili bir yildan oshirish yoki aytaylik, 2023-yildan 10 yil qilib belgilash masalasini Konsepsiyaning oxirgi loyihasida aks ettiramiz, dedi O‘taganov.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda O‘zbekistonda pensiya yoshi ayollar uchun 55 yosh, erkaklar uchun 60 yoshni tashkil etadi. Bu MDH davlatlari orasida eng past ko‘rsatkichdir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют