» » O‘zbekistonda ishlovchi erkak to‘lagan badal uy bekasi bo‘lgan ayol uchun pensiya hisoblashga asos bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda ishlovchi erkak to‘lagan badal uy bekasi bo‘lgan ayol uchun pensiya hisoblashga asos bo‘lishi mumkin


Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida kelgusidagi rejalar xususida ham so‘z yuritildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Pensiya tizimiga dunyo standartlarini joriy etish borasida rivojlangan davlatlar tajribasi o‘rganilmoqda. Bunda Jahon banki bilan yaqin hamkorlik qilinmoqda.

Dunyo davlatlari orasida Daniya, Polshada yo‘lga qo‘yilgan tizim maqtovga arzigulik. Ammo, mamlakatlar aholisi, ularning qarashlari bir-biriga yuz foiz o‘xshamagani kabi pensiya tizimini tatbiq etishda ham farq bo‘lishi tabiiy. Hozirda Chexiya, Janubiy Koreya, Rossiya kabi davlatlar bilan tajriba almashish jarayoni kechmoqda.

— Ilg‘or tizimlarni o‘rganish jarayonida ba’zi bir takliflar ham ishlab chiqilmoqda, — deydi Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Yorqin Tursunov. — Ular joriy yilning oxirigacha tayyor bo‘ladi. Misol uchun, oilada faqat erkak ishlaydi, xotin esa uy bekasi. Kelgusida ayol ham pensiyaga chiqishi kerak. Buning uchun er har yili EKIH 50 foizi miqdorida badal to‘lasa, ayol uchun pensiya hisoblashga asos bo‘ladi. Bunday amaliyot Yaponiyada majburiy ekan. Biz esa uni oila rahbari uchun ixtiyoriy qilib qo‘ymoqchimiz.

Yana bitta yangilik rejalashtirilmoqda. Odatda erkaklar pensiyaga chiqish uchun 25 yillik stajga ega bo‘lishi kerak. Lekin u pensiya yoshiga yetganda 23 yillik stajga ega bo‘ldi. Unga imtiyoz sifatida yetmayotgan ikki yil uchun EKIH miqdorida mablag‘ to‘lash taklif etiladi. Lekin pensiya uchun staj sotib olish miqdori besh yildan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda bugungi kunda 3,1 million pensioner bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют