» » Shimoliy Koreyada Malayziya elchisi persona non grata deb e’lon qilindi

Shimoliy Koreyada Malayziya elchisi persona non grata deb e’lon qilindi


Shimoliy Koreya hukumati Malayziya elchisi Muhammad Nizan Muhammadni persona non grata deb e’lon qildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

Ikki kun avval Malayziya KXDR elchisi Kan Chxolni persona non grata (“istalmagan shaxs”) deb e’lon qilgan va unga mamlakatni 48 soat ichida tark etish haqida ko‘rsatma bergan edi.

Biroq, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, KXDR elchisi Malayziya hukumatining bu talabini hozircha bajarmagan.

Kan Chxolning Malayziyadan chiqarib yuborilishi Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning akasi Kim Chon Nam o‘limi bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya Kim Chon Namning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan deb hisoblamoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-03-2017, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют