» » Ikki farzandini o‘ldirgan samarqandlik ayol, oshirilishi rejalashtirilayotgan pensiya yoshi, muzlagan Niagara va kunning boshqa muhim xabarlari

Ikki farzandini o‘ldirgan samarqandlik ayol, oshirilishi rejalashtirilayotgan pensiya yoshi, muzlagan Niagara va kunning boshqa muhim xabarlari


24-yanvarning e’tiborga molik xabarlari — “Daryo” dayjestida.

Samarqandda erining jiyani bilan ishqiy munosabati oshkor bo‘lgan ayol ikki farzandini o‘ldirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, turmush o‘rtog‘i ishlash maqsadida Rossiyaga ketgan ayol erining jiyani Ma’mur Ilashev bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan. Bu munosabatlardan qaynotasi hamda boshqalar xabar topganidan qo‘rqib, voyaga yetmagan farzandlari — 2011-yilda va 2017-yilda tug‘ilgan ikki qizini uxlab yotganida pichoqlaydi.

***

O‘zbekistonda pensiya yoshi oshirilishi mumkin.

Hozir bu masala ustida o‘ylayapmiz, bizga konsepsiyani 2020-yil yanvar oyigacha tugatish borasida Prezident tomonidan topshiriq berilgan. Biz bu masalani o‘rganamiz, yakuniy konsepsiya loyihasida pensiya yoshini oshiramizmi yoki bosqichma-bosqich oshiramizmi, bu masala albatta, ko‘rib chiqiladi”, — deya tushuntirdi Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati bo‘lim boshlig‘i Shuhrat O‘taganov.

***

AQShda Niagara sharsharasi sovuq sababli muzlab qoldi.

Muzlashga shu hududga yopirilgan qor bo‘roni sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. 22-yanvar kuni u yerda havo harorati Selsiy shkalasi bo‘yicha minus 20 darajagacha pasaygan. Sovuq shamol hududda yana ikki hafta davomida saqlanib turadi.

***

O‘zbekistonda yengil avtomobillar importi ikki barobarga o‘sdi.

Agar 2017-yilda O‘zbekiston import avtomobillariga 155 million AQSh dollar sarflagan bo‘lsa, 2018-yilda bu ko‘rsatkich 319 million AQSh dollarga yetgan.

Taqqoslash uchun 2016-yilda ushbu ko‘rsatkich 193 million AQSh dollarni, 2015-yilda 120 million AQSh dollarni, 2014-yilda esa —212 million AQSh dollarni tashkil qilgan.

***

Taxtdan voz kechgan Malayziya qiroli “Moskva go‘zali” bilan ajrashmoqchi.

Malayziya qiroli va Voyevodina his-tuyg‘ulari “sovub qolgani” va tez-tez janjallashib qolayotgani sabab ajrashishga qaror qilgan. Hozirda tomonlarning vakillari ajrim jarayoni boshlash uchun zarur hujjatlarni tayyorlamoqda.

Avvalroq, Muhammad V “Moskva go‘zali”ga uylangach, taxtdan voz kechgani haqida xabar berilgan edi.

Biroz vaqt o‘tib, er-xotinning chaqaloq kutayotgani ma’lum bo‘lgan.

Malayziyaning yangi qiroli etib esa Paxang shtati hukmdori sulton Abdulla Sulton Ahmad Shoh saylandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют