» » 10:0. “Manchester Siti” o‘z rekordini yangiladi

10:0. “Manchester Siti” o‘z rekordini yangiladi


23-yanvar, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogining 1/2 final uchrashuvida “Manchester Siti” klubi “Byorton”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, umumiy hisob 10:0.

Natijada “shaharliklar” musobaqaning mazkur bosqichida o‘zi o‘rnatgan rekordni yangiladi, deb xabar beradi Gracenote Live.

2014-yilda “Siti” “Vest Hem”ni yirik hisobda mag‘lub etgandi (9:0).

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili “Manchester Siti” musobaqa finalida “Arsenal” ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Eslatib o'tamiz, Xosep Gvardiola shogirdlari musobaqa finalida “Chelsi”—“Tottenhem” (birinchi o‘yin 0:1) uchrashuvi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют