» » Mo‘ynoqda qariyb 27 trln so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

Mo‘ynoqda qariyb 27 trln so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-yanvardagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi qarori bilan Mo‘ynoq tumanida 2019—2021-yillarda sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida qariyb 27 trillion so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi, deb yozadi O‘zA.

Ushbu hujjat bilan sanoat sohasiga 33 ta, xizmat ko‘rsatish sohasiga 34 ta va qishloq xo‘jaligi sohasiga 8 ta, jami 75 ta loyiha jalb qilinishi nazarda tutilgan.

“Mo‘ynoqda 3 yil ichida 26 trillion 974 milliard 827 million so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Lekin bu hali hammasi emas. Mo‘ynoqda biznes qilaman, investitsiya kiritaman, degan tadbirkorlar kundan-kun ko‘paymoqda, — deydi Mo‘ynoq tumani hokimi Saylaubay Daniyarov. — Hukumat qarorida nazarda tutilgan 75 ta loyiha tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari (338 milliard 755 million so‘m), tijorat banklarining kreditlari (99 milliard 672 million so‘m) hamda xorijiy investitsiyalar va kreditlar (3 milliard 194 million AQSh dollari) hisobidan amalga oshiriladi. Bulardan eng yirik loyihalar sifatida Global project capital qo‘shma korxonasi tomonidan amalga oshiriladigan gazni qayta ishlash orqali polietilen va polipropilen mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini aytish mumkin. Ushbu loyihaning umumiy qiymati 16 trillion 600 milliard so‘m (yoki 2 milliard dollar) bo‘lib, uni amalga oshirish muddati 2020-yil mart oyigacha belgilangan. Yana bir yirik loyiha ushbu korxona tomonidan tumanimizda tashkil qilinadigan turizm komplekslari (mehmonxona va ko‘ngilochar dam olish markazlari, savdo markazlari va boshqalar)dir. Bu loyihalarni amalga oshirishga jami 1 milliard dollar jalb qilinadi. Shuningdek, Siemens qo‘shma korxonasi tomonidan 150 million dollar evaziga 120 MVt. quvvatga ega shamol elektrogeneratori qurish rejalashtirilgan. Loyiha 2020-yil dekabr oyida ishga tushiriladi”.

Mazkur raqamlar Mo‘ynoqning yirik sanoat shaharlaridan biriga aylanishini anglatmoqda. Uch yilda tumanda misli ko‘rilmagan ishlar qilinadi. Shu vaqtga qadar chorva ozuqasi sifatida foydalanib kelingan yoki shunchaki yoqib yuborilgan qamishdan qog‘oz (sellyuloza) va qurilish materiallari ishlab chiqaradigan ikkita korxona barpo etiladi. Nafaqat mo‘ynoqliklar, balki barcha o‘zbekistonliklarni quvontirgan bu yangilik bir vaqtlari minglab kishilarni ish bilan ta’minlab, dunyoga dong taratgan Mo‘ynoq baliq-konserva zavodining qayta tiklanishi bo‘lmoqda. “Mo‘ynoq akva sanoat” DUK tomonidan amalga oshiriladigan ushbu loyiha 2019-yil oxirida ishga tushiriladi. Hozir zavodning qurilish ishlariga start berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют