» » Qibrayda “Olimlar shaharchasi“ quriladi

Qibrayda “Olimlar shaharchasi“ quriladi


Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 60 gektar maydonda “Olimlar shaharchasi” barpo etiladi. Mazkur shaharchaga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlari joylashtiriladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hukumat qarori muhokama uchun me’yoriy-huquqiy hujjatlar portalida e’lon qilindi.

Hujjatda qayd etilishicha, “Olimlar shaharchasi” investorlar hisobidan quriladi. Investorlarga Fanlar akademiyasi Toshkentda bo‘shatgan binolar mulk sifatida xatlab beriladi. “Olimlar shaharchasi”ga poytaxtdan jami o‘nta ilmiy-tadqiqot instituti ko‘chiriladi.

O‘tgan yilning iyulida Prezident Shavkat Mirziyoyev jug‘rofiy jihatdan Qibray tumanida, ma’muriy jihatdan poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Ulug‘bek posyolkasida “Olimlar shaharchasi”ni barpo etish yuzasidan bosh planni ishlab chiqishga ko‘rsatma bergan edi.

Bugungi kunda bu posyolkada Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti joylashgan. Yaqin kunlarda bu yerga Moskva muhandislik-fizika instituti filiali ham ko‘chib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 21:44)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют