» » O‘zbekistonlik mutaxassislar Janubiy Koreyada soliq ma’murchiligini avtomatlashtirish jarayoni bilan tanishdi

O‘zbekistonlik mutaxassislar Janubiy Koreyada soliq ma’murchiligini avtomatlashtirish jarayoni bilan tanishdi


Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi xodimlaridan iborat delegatsiya Janubiy Koreyada bo‘lib, soliq ma’murchiligi jarayonlariga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, ma’lumotlarni qayta ishlash markazini modernizatsiyalash bo‘yicha tajriba bilan tanishdi va ularni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlarini o‘rgandi. Bu haqda “Daryo”ga markaz direktori Hayotjon Nasrulloyev ma’lum qildi.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Plan I kompaniyasi, Milliy axborot-tadqiqot markazi, Tedjon Ishlanmalar va iqtisodiy innovatsiyalar markazi, Seul Global startaplar markazi, boshqa tashkilot va idoralarda bo‘ldi.

Janubiy Koreya ichki ishlar va xavfsizlik vazirligining Milliy axborot-tadqiqot xizmatida bo‘lgan uchrashuvda mamlakat delegatsiyasi a’zolari idoralararo ma’lumotlarni qayta ishlash yagona markazi faoliyati, soliq ma’murchiligini avtomatlashtirish, shuningdek, boshqa axborot tizimlarining o‘zaro axborot almashish jarayonlari bilan tanishdi.

O‘zbekistonlik mutaxassislar Milliy axborot-tadqiqot markazi faoliyati bilan qiziqdi. Markazda 44 ta vazirlik va idoralar, jumladan, Milliy soliq xizmatining ma’lumotlari yig‘ilgan. Markaz davlat organlari va idoralariga kechayu kunduz xizmat ko‘rsatib, kuniga o‘rtacha 30 Tb ma’lumotni qayta ishlaydi.

Barcha vazirlik va idoralar ma’lumotlarining bunday markazlashtirilishi yig‘ilgan axborotlardan samarali foydalanish imkoniyatini beradi. Vazirliklar va idoralar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa tezligi bir necha barobarga oshadi. Shu bilan bir qatorda markaz faoliyati yildan yilga kengayib, uning tarkibiy bo‘limlari soni ham oshib bormoqda. Markazda 1058 nafar xodim ishlaydi, ulardan 800 nafari muhandislar va yuqori ixtisoslashgan texnik mutaxassislardan iborat.

Davlat va xususiy sektorlarda kovorking markazlarni tashkil etish bilan shug‘ullanadigan qator kompaniyalar va maxsus markazlarga tashrif chog‘ida o‘zbekistonlik va koreyalik mutaxassislar mazkur sohada fikrlar almashdi. Xususan, Plan I kompaniyasi bilan uchrashuvda kovorking markazlar infratuzilmasi va ularning faoliyatiga doir ma’lumotlar olindi.

Muzokaralar natijasida muhandislar va dasturchilarning malakasini oshirish sohasida hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi, shuningdek, O‘zbekistonda Janubiy Koreya investitsiyalarini jalb etgan holda kovorking markaz tuzishga kelishildi.

Janubiy Koreya vakillari AKT sohasida O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro tadbirlarda ishtirok etish istagida ekanliklari, shuningdek, o‘zbekistonlik mutaxassislarga stajirovkalar o‘tkazish va ularning malakasini oshirishda yaqindan yordam berishga tayyorliklarini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют