» » Ozbekistonda soliq hisobotining yangi shakllari boyicha qanday ozgarishlar kiritildi?

Ozbekistonda soliq hisobotining yangi shakllari boyicha qanday ozgarishlar kiritildi?


Ozbekiston Respublikasi Davlat soliq qomitasi va Moliya vazirligining 2019-yil 7-yanvardagi Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash togrisidagi 2019-5, 2-sonli qaroriga asosan (Adliya vazirligida 2018-yil 21-yanvarda 3126-son bilan royxatga olingan) soliq hisobotlarining yangi shakllari tasdiqlandi. Bu haqda Ozbekiston Davlat soliq qomitasining matbuot xizmati Daryoga malum qildi.

2018-yil yakunlari boyicha taqdim etiladigan soliq hisobotlari Adliya vazirligida 2013-yil 22-martda 2439-son bilan royxatga olingan soliq hisoboti shakllarida davlat soliq xizmati organlariga topshiriladi.

2019-yil 1-yanvardan keyingi hisobot davri uchun esa barcha soliq turlari boyicha yangi soliq hisoboti shakllari asosida taqdim qilinadi.

Hisobot shakllaridagi asosiy ozgarishlar:

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligi boyichasoliq hisoboti shakllari soddalashtirildi

2018-yil uchun amalda bolgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligi hisob-kitobi soddalashtirilib, 37 qator va 16 ta ilovadan iborat bolgan bolsa, yangi hisob-kitob shakli 18 qator va 8 ilovaga, yani 2 barobarga kamaytirildi.

Xususan:

1-ilova(Notijorat tashkilotlarining boshqa daromadlari), 2-ilovasi(Ijara haqining eng kam stavkalaridan kelib chiqib, shartnomada belgilangan ijara haqi miqdoridan oshgan summasi),9-ilovasi(Mahalliylashtirilayotgan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan foyda hisob-kitobi),11-ilovasi(Mobil aloqa xizmatlarini korsatuvchi tashkilotlar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan rentabellik darajasini aniqlash malumotnoma-hisob-kitobi),12-ilovasi(Eksport ulushiga qarab foyda soligi stavkasiga tuzatish kiritish),13-ilovasi(Nogironlar mehnatidan foydalanadigan korxonalar uchun foyda soligining tuzatish kiritilgan summasi),14-ilovasi(Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligi qoshimcha summasining hisob-kitob-malumotnomasi)bekor qilindi.

Tolov manbaida dividend va foizlar tarzidagi daromadlardan ushlab qolingan soliqning hisob-kitobi 2018-yilda yuridik va jismoniy shaxslar uchun alohida bolgan bolsa, 2019-yil uchun soddalashtirilgan variantda yuridik va jismoniy shaxslardan tolov manbaida ushlab qolingan soliq hisob-kitobi birlashtirildi.

Ozbekiston Respublikasi hududida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan Ozbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan tolanadigan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligining hisob-kitobida soliq imtiyozlari asoslarini korsatib berish uchun yangi Imtiyozlar ilovasi qoshildi.

Ish haqi fondidan hisoblanadigan soliq va majburiy tolovlar boyicha endi bitta soliq hisoboti topshiriladigan boldi

(Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligi va yagona ijtimoiy tolov hisob-kitobi)

Soliq solinadigan baza bir xilligi hamda hisobot shakllarini toldirishda soliq tolovchilarning vaqtini tejash maqsadida Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligi va yagona ijtimoiy tolov hisob-kitobi birlashtirildi. Hisob-kitob ilovasida hisoblangan ish haqi va ushlab qolingan daromad soligi hamda hisobot oyida tolab berilgan jismoniy shaxslarning shaxsiy jamgarib boriladigan pensiya badali summasi har bir xodim kesimida aks ettiriladi. Shuningdek, hisobotga har bir fuqaro kesimida tolangan mehnatga haq tolash tarzidagi, mulkiy, moddiy naf tarzidagi daromadlar togrisidagi malumotnomalar ilova qilinadi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligi va yagona ijtimoiy tolov hisoboti har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar yagona shaklda taqdim etiladi.

Hisobot shakliga yangi ilova sifatida mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara tolovining eng kam miqdori malumotnoma hisob-kitobi kiritildi. Ushbu malumotnoma orqali qonunchilikda belgilangan ijara miqdorining eng kam stavkalariga rioya etilishi nazorat qilinadi.

Qoshilgan qiymat soligi boyicha soliq hisoboti shakllari

Qoshilgan qiymat soligi boyicha soliq hisobotlarining (hisob-kitoblarining) yangi shaklidagi ilovalar soni 9 tadan 5 taga qisqartirildi.

Shuningdek, ushbu qaror bilan hisob varaq-fakturaning soddalashtirilgan shakli ham joriy qilinmoqda.

Hisob varaq-fakturaning yangi soddalashtirilgan shaklidan ilgari toldiriladigan ayrim rekvizitlar, xususan, bank hisob raqami, telefon raqami, IFUT kodi kabi malumotlar, shuningdek, aksiz soligini hisobga olish imkonini beradigan norma oz kuchini yoqotganligi uchun Aksiz soligi ustunlari chiqarib tashlandi.

Endilikda aksiz soligi tolovchilari 5-ustunda tovar (ish, xizmat)larning aksiz soligini hisobga olgan holdagi (QQSsiz) umumiy qiymatini korsatishi lozim boladi.

Ushbu qaror bilan resurs soliqlari boyicha topshiriladigan soliq hisoboti shakllariga ozgartirish va qoshimchalar kiritildi.

Xususan, samarasiz foydalanilayotgan obyektlar boyicha oshirilgan stavkalarda soliq summalarini taqdim etish uchun yuridik shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari boyicha yangi shaklda Malumotnoma hisob-kitob shakli kiritildi.

Shu bilan birga, mol-mulk soligining hisob-kitobi amaldagi shaklida keltirilgan mahalliylashtirilayotgan mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan mol-mulk hisob-kitobi va eksport ulushiga bogliq holda mol-mulk soligi stavkasiga tuzatish kiritish boyicha 5 va 6-ilovalari bekor qilindi.

Yer qaridan foydalanganlik uchun soliq boyicha hisob-kitob shaklida foydali qazilmalarning turlari va olchov birligi aniq belgilab qoyildi.

Shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan 8 turdagi foydali qazilmalar uchun eng kam soliq miqdori joriy etilishi hisobiga soliq summasini soliq stavkasidan yoki eng kam soliq miqdoridan kelib chiqib hisoblanishi nazarda tutildi.

Soddalashtirilgan soliq turlari boyicha

Yagona soliq tolovi

Yagona soliq tolovi hisob-kitobi yangi shaklining asosiy farqli jihati shundaki, hisob-kitob ilovalarining soni 11 tadan 7 taga qisqardi. Xususan, hisob-kitobning 1-ilovasi (Davlatning kochmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqining eng kam stavkalaridan kelib chiqib hisoblangan ijara haqi miqdorining shartnomada belgilangan ijara haqi miqdoridan oshgan summasi), 6-ilovasi (2018-yil I choragi uchun eksport ulushiga qarab foyda soligi stavkasiga tuzatish kiritish) hamda yagona soliq tolovining tolanishi lozim bolgan eng kam miqdorlari boyicha 9-1, 9-2, 9-3-ilovalari bekor qilindi.

Shu bilan birga, Ozbekiston Respublikasidan tashqarida olingan dividend va foizlar korinishidagi daromadlardan tolanadigan foyda soligining hisob-kitob malumotnomasi soddalashtirildi.

Bundan tashqari, yagona soliq tolovi hisob-kitobi shaklidagi toldirilishi zarur bolmagan satrlar chiqarilib tashlandi.

Elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan tovar (ish, xizmat) larning jami realizatsiya hajmidagi ulushini togri aniqlash maqsadida Elektron tijorat orqali tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan sof tushum boyicha malumotnoma yagona soliq hisob-kitobiga ilova tariqasida joylashtirildi.

Yagona soliq tolovi hisob-kitobining yangi shakli soliq tolovchilar, xususan, yagona soliq tolovi tolashga otadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun sodda shaklga keltirildi. Bu orqali soliq tolovchilarning qimmatli vaqtini tejash imkoni yaratildi.

Yagona yer soligi

Endilikda meva-sabzavotchilik korxonalari uchun soddalashtirilgan yagona yer soligi joriy etilishi hisobiga alohida hisob-kitob shakli kiritildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (24-01-2019, 22:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
:
-
:
20 ... -