» » Toshkent IIBB 38 yoshli firibgar ayolga tayinlangan jazo asosli ekanligini bildirdi

Toshkent IIBB 38 yoshli firibgar ayolga tayinlangan jazo asosli ekanligini bildirdi


Internet tarmoqlarida, “O‘zxalqharakati.com” saytida Shahnoza Boyqunusova nomidan murojaat tarqalmoqda. Unda ayol aybdor deb topilgan jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruv noxolis olib borilganligi, protsessual hujjatlar esa go‘yoki soxtalashtirilganligi ta’kidlanmoqda, deb yozadi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, Toshkent shahrining bir nechta tuman IIBlariga jabrlanuvchilar nomidan tushgan arizalar asosida hech qayerda ishlamaydigan, 1981-yilda tug‘ilgan Sh.Boyqunusovaga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha 5 ta holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Sh.Boyqunusova va uning sheriklari tomonidan jabrlanuvchilarga ularning plastik kartalaridagi pul mablag‘larini naqd qilib berish va’da qilingan, biroq ularga berilgan va’dalar bajarilmasdan, aldov yo‘li bilan o‘zlashtirilgan pullar shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborilgan. Yetkazilgan zararning umumiy qiymati 387 million 970 ming so‘mni tashkil etgan.

Shu munosabat bilan Sh.B. 2-aprel kuni IIBBga taklif etilgan va qo‘lga olinib, vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. 3-aprel kuni unga nisbatan ayblov e’lon qilingan. Sud jarayonida Boyqunusova yetkazilgan moddiy zararni qoplaganligi sababli unga nisbatan ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan. 2018-yilning 18-oktabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi unga nisbatan 2 yil, 2 oyu 13 kunlik axloq tuzatish ishlari jazosini tayinlagan. Hukm 2018-yilning 28-oktabr kuni kuchga kirgan.

IIV tergov qonun doirasida olib borilganligi va sud hukmidan norozi tomonlar qonunda ko‘zda tutilgan tartibda shikoyat qilishi mumkinligini ma’lum qiladi va tarqatilayotgan xabarlar asossiz ekanligini ta’kidlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют