» » Toshkent viloyatida xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiylarning farzandlari uchun sayohat uyushtirildi (foto)

Toshkent viloyatida xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiylarning farzandlari uchun sayohat uyushtirildi (foto)


Respublika Yoshlar turizmi agentligi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi tashabbusi bilan xizmat vaqtida vafot etgan Toshkent viloyatilik harbiylarning farzandlari uchun Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov xabar bermoqda.

Bir kunlik sayohat davomida 50 nafar o‘g‘il-qiz Registon maydoni, Samarqand tarixi muzeyi, Ulug‘bek rasadxonasi, Go‘ri Amir maqbarasi kabi qadimiy obida va ziyoratgohlar bilan tanishdilar.

“Yoshlar turizmini rivojlantirish va ular qalbida Vatanga bo‘lgan muhabbat, milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirish, ajdodlarimizdan qolgan meroslarni asrab-avaylashga nisbatan dahldorlik hissini yanada yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan tadbir uka-singillarimizda katta taassurot qoldirgani shubhasiz, — deydi Respublika Yoshlar turizmi agentligi xodimi Dilfuza Zayniddinova. — Kelgusi faoliyatimizda ham mana shunday tadbir va sayohatlarni ko‘proq o‘tkazishni rejalashtirganmiz”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют