» » Texasda yuz bergan kuchli shamol sababli SpaceX’ning sayyoralararo sinov raketasi ag‘darilib ketdi

Texasda yuz bergan kuchli shamol sababli SpaceX’ning sayyoralararo sinov raketasi ag‘darilib ketdi


SpaceX kompaniyasining Starship raketasi kuchli shamol sababli ag‘darilib tushdi va zararlandi. Ilon Maskning so‘zlariga ko‘ra, ta’mirlash ishlari bir necha hafta oladi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Kompaniya rahbarining aytishicha, tezligi soatiga 80 kilometrni tashkil qilgan shamol raketani yerga mahkamlab turgan bloklarni sindirib yuborgan. Shu sababli kemaning yuqori qismi qulab tushgan, yoqilg‘i baki esa butun qolgan.

Bu talqin vertikal uchish va qo‘nish sinovlari uchun mo‘ljallangan va yakuniy ko‘rinishdan farq qiladi, unda illyuminator va korpusning boshqa elementlari mavjud emas.

Mask raketaning qurilishi haqida 2017-yilning sentabr oyida ma’lum qilgan, dastlab u BFR (Big Falcon Rocket) deb nomlangan, keyin esa qayta nomlangan. Yuqori qismi Starship, raketa tezlatgich esa Super Heavy deb nomlangan.

Starship’ni yig‘ish ishlari 2018-yilning mart oyida boshlangan va 2019-yilning yanvar oyida nihoyasiga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 05:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют