» » O‘zbekistonda xorijda ishlayotgan fuqarolarga yillik stajni sotib olish taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda xorijda ishlayotgan fuqarolarga yillik stajni sotib olish taklif qilinmoqda


Bilamizki, pensiya masalasida so‘z borsa, chekka hududlarda yashaydigan aholida ko‘plab savollar tug‘iladi. Haqiqatan ham qishloq joylarda yashaydigan, fermer xo‘jaligida yoki o‘zining shaxsiy tomorqasida qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiradigan aholining pensiya bilan ta’minlanishi masalasi bahslarga sabab bo‘layotgan edi, deb yozadi O‘zA.

To‘g‘ri, bunda yechim sifatida bunday faoliyat turi bilan shug‘ullanganlar yiliga EKIH 4,5 barobari miqdorida pul to‘lasa, bir yillik stajga ega bo‘lardi. Lekin, bu summaning qishloq aholisi uchun ko‘proq ekani hisobga olinib, uning foizi tushirildi. Ya’ni bir yillik staj olish uchun EKIH bir foizini to‘lash yetarli.

Bunday imtiyozga dehqon xo‘jaligi a’zolari, shaxsiy tomorqasi to‘rt sotixdan kam bo‘lmagan dehqon, qoramol boqayotganlar, 50 tadan kam bo‘lmagan parranda parvarishlayotganlar ega bo‘ladi.

Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Yo.Tursunovning ma’lum qilishicha, hozirda bunday imkoniyatdan foydalanayotgan fuqarolar soni besh ming nafardan oshgan. Aslida mamlakatda bu toifaga kiradigan 5 million nafardan ortiq fuqaro bor.

Yig‘ilishda 2,5 million nafar fuqaro xorijda mehnat qilayotgani holda mamlakatda mehnat stajiga ega emasligi qayd etildi. Ularning mehnat bilan daromad topayotgani, oilasiga, ota-onasiga pul o‘tkazmalari qilayotgani hisobga olinib, ularga ham yengillik yaratildi.

Avvallari migrantlar EKIH 12 barobari miqdorida mablag‘ to‘lab, bir yillik ish stajiga ega bo‘lardi. O‘tgan yildan endi esa bu miqdor EKIH 4,5 barobariga tushirildi. Tizimda interaktiv xizmatlar bois, bu mablag‘ni to‘lash uchun kelish shart emas. To‘lovni pul o‘tkazmasi shaklida ham amalga oshirish mumkin. Ammo hozirda bunday o‘tkazmalarni amalga oshirayotgan fuqarolar soni juda kam.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют