» » Osiyo Kubogi—2019. Bugun so‘nggi yarim finalchilar aniqlanadi

Osiyo Kubogi—2019. Bugun so‘nggi yarim finalchilar aniqlanadi


25-yanvar, juma kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2019 musobaqasining chorak finali doirasida so‘nggi 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Kunning dastlabki uchrashuvi Janubiy Koreya va Qatar terma jamoalari qarshiligi ostida kechadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning nimchorak finalida Janubiy Koreya terma jamoasi Bahrayn termasini qo‘shimcha bo‘limlarda kiritilgan gol evaziga yutgan edi (2:1). Qatar esa Iroq ustidan kichik hisobda g‘alabaga erishgan (1:0).

Mazkur bosqichning so‘nggi uchrashuvida musobaqa mezboni BAA termasi Avstraliya bilan bellashadi. O‘yinga soat 21:00 da start beriladi.

Ma’lumot uchun, musobaqaning 1/8 final bosqichida BAA termasi Qirg‘izistonni bazo‘r mag‘lub etdi. Avstraliya esa Ektor Kuper boshliq O‘zbekiston terma jamoasi ustidan penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi.

Osiyo Kubogi—2019

25-yanvar, juma

1/4 final bahslari

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют