» » Qoraqalpog‘istonda Cobalt avtomobili berilishi ikki haftaga kechikkan mijozga 117 ming so‘m to‘lab berildi

Qoraqalpog‘istonda Cobalt avtomobili berilishi ikki haftaga kechikkan mijozga 117 ming so‘m to‘lab berildi


O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “Ishonch telefoni”ga Nukus shahrida yashovchi A.Muzaffarov murojaat qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

U “Nukus avto savdo” korxonasiga Cobalt uchun 84 million 164 ming 910 so‘m pul o‘tkazgani, ammo avtomashinasi chiqish sanasida iste’molchiga uni Xorazm viloyatidan olishi kerakligi aytilganidan norozi bo‘lib murojaat qilgan.

Shuningdek, mashina kechikkan kunlar uchun tuzilgan shartnomaga asosan korxonadan 0,01 foiz penya undirib berishni so‘ragan. Nukus shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan mazkur holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Avtomashina berilishi 14 kunga kechikkani uchun shartnoma shartlariga ko‘ra, kechiktirilgan har bir kun uchun 0,01 foizdan, jami 117 ming 831 so‘m penya to‘landi. Shu yilning 23-yanvar kuni Cobalt Nukus shahrining o‘zida iste’molchiga topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют