» » Shahzoda Muhammedova turmushga chiqqandan keyin to‘ylarda boshlovchilik qilish va aktrisalikni davom ettirish shartini ma’lum qildi

Shahzoda Muhammedova turmushga chiqqandan keyin to‘ylarda boshlovchilik qilish va aktrisalikni davom ettirish shartini ma’lum qildi


Turmush o‘rtog‘i  bilan Rossiya Federatsiyasida yashayotgan aktrisa va boshlovchi Shahzoda Muhammedova endi to‘ylarda boshlovchilik qilish va aktrisalikni davom ettirish shartini ma’lum qildi. Bu haqda aktrisa jurnalist Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida aytib o‘tdi.

Bahor faslida Samarqand shahrida va yurtimizning boshqa joylarida bo‘lib o‘tadigan to‘ylarda boshlovchilik qilishimni iltimos qilishmoqda. Ko‘plar ‘sizni oilaviy yaxshi ko‘ramiz, to‘yimizda siz boshlovchilik qilishingizni niyat qilgan edik’, deyishmoqda. Hozir Rossiyada yashayotganim uchun to‘y xizmatlariga taklif etishsa yo‘l xarajatlarimni va xizmat haqqimni to‘lashsa albatta boraman.

Shahzoda Muhammedova, aktrisa, dizayner va boshlovchi

Bundan tashqari aktrisa Shahzoda Muhammedova aktrisalik faoliyatini ham davom ettirishini ma’lum qildi.

Turmush o‘rtog‘im kinolarda suratga tushishimga qarshi emaslar. Hozir Rossiyada yashayotganimiz uchun filmdan olayotgan gonorarim yo‘l xarajatlarini va qilgan mehnatimni qoplashi kerak. Rejissor Dilshod Ahmedov Moskvada suratga olayotgan filmida suratga tushish taklifini berdilar. Bu taklifga rozi bo‘ldim.

Shahzoda Muhammedova, aktrisa, dizayner va boshlovchi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют