» » Liga Kubogi. “Chelsi” “Tottenhem”ni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi (video)

Liga Kubogi. “Chelsi” “Tottenhem”ni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi (video)


25-yanvar, juma kuni futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogining yarim finali doirasida ikkinchi uchrashuv ham yakunlandi.

Unda Londonning ikki klubi — “Chelsi” va “Tottenhem” bellashdi.

Oyinning 27-daqiqasida Ngolo Kante hisobni ochgan bo‘lsa, 37-daqiqaga kelib Aden Azar Sesar Aspilikuueta uzatmasini golga aylantirdi (2:0).

2-bo‘limning 50-daqiqasida Fernando Lyorente Kepa Arrisabalaga qo‘riqlayotgan darvozaga to‘p kiritdi (2:1).

Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra hisob 2:2 ko‘rinishiga keldi va bellashuvning asosiy vaqtida g‘olib nomi aniqlanmadi.

Yangi reglamentga ko‘ra, darhol penaltilarga murojaat qilindi. Penaltilar seriyasida Mauritsio Sarri shogirdlarining qo‘li baland keldi (4:2) va musobaqaning final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

“Aristokratlar” finalda “Manchester Siti” bilan bellashadi.

Angliya Liga Kubogi

1/2 final bahslari

25-yanvar, shanba

Gol: 1:0 – 27 Kante, 2:0 — 38 Azar, 2:1 — 50 Lyorente.

Penaltilar seriyasi: Eriksen (aniq), Villian (aniq), Lamela (aniq), Apilikueta (aniq), Dayer (noaniq), Jorjinyo (aniq), Lukas (noaniq), Luis (aniq).

“Chelsi”: Arrisabalaga, Aspilikueta, Ryudiger, Luis, Emerson, Barkli (Kovachich, 81), Jorjinyo, Kante, Rodriges (Villian, 76), Jiru, Azar.

“Tottenhem”: Gassaniga, Orye, Alderveyreld, Vertongen, Devis (Rouz, 33), Dayer, Vinks, Sissoko (Sanches, 80), Eriksen, Lamela, Lyorente (Lukas, 68).

Ogohlantirishar: Jorjinyo (53), Kante (56), Aspilikueta (66), Sissoko (73).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 1) ( 90) ( 2)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...