» » Ispaniya Kubogi. “Real” 4 ta gol urib, “Jirona” ustidan g‘alaba qozondi (video)

Ispaniya Kubogi. “Real” 4 ta gol urib, “Jirona” ustidan g‘alaba qozondi (video)


25-yanvar, juma kuni futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogining chorak final bosqichi doirasida so‘nggi o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

Unda Madridning “Real” klubi o‘z maydonida “Jirona” bilan bahsga kirishdi.

Uchrashuvning 7-daqiqasidayoq “Jirona” klubi a’zosi Entoni Losano hisobni ochdi (0:1). Oradan 11 daqiqa o‘tib, Lukas Vaskes Alvaro Odriosola uzatgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi (1:1). 1-bo‘limning so‘nggi daqiqalarida Serxio Ramos penaltidan raqib darvozasini aniq nishonga olib, gol urdi (2:1).

2-bo‘limning 66-daqiqasida “Jirona” himoyachisi 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalandi va Tibo Kurtua darvozasini ishg‘ol qildi (2:2).

77-daqiqaga kelib, madridliklar sardori Serxio Ramos Marselo uzatmasini golga aylantirdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (3:2). Oradan 3 daqiqa o‘tib, Karim Benzema jamoasining 4-goliga mualliflik qildi va o‘yinga yakun yasadi.

Shu tariqa “Qirollik klubi” “Jirona” klubini 4:2 hisobda mag‘lub etdi.

Ispaniya Kubogi

1/4 final bahslari

25-yanvar, shanba

Gollar: 1:0 – 27 Iglesias, 1:1 — 81 Sanabria.

Gollar: 0:1 — 7 Losano, 1:1 — 18 Vaskes, 2:1 — 42, penalti, Ramos, 2:2 — 66 Granell, 3:2 — 77 Ramos, 4:2 — 80 Benzema

“Real Madrid”: Kurtua, Odriosola, Ramos, Fernandes, Marselo, Sebalyos (Isko, 70), Kasemiro (Lyorente, 59), Modrich (Kroos, 63), Benzema, Junior, Vaskes.

“Jirona”: Moreno, Ramalyo, Alkala Bernardo, 46), Alvares Texada, Munyesa, Granero, Garsiya Seung-Ho Paik, 59), Soaresh, Granell, Losano (Portu, 78), Dumbiya.

Ogohlantirishar: Alkala (36), Fernandes (45), Ramos (62), Lyorente (66).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют