» » “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari ilk bor Xalqaro fan olimpiadasida qatnashadi

“Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari ilk bor Xalqaro fan olimpiadasida qatnashadi


Mudofaa vazirligi tasarrufidagi “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari ilk bor MDH mamlakatlari harbiy akademik litseylari jamoalari o‘rtasida o‘tadigan fizika va matematika o‘quv fanlari bo‘yicha Xalqaro olimpiadada ishtirok etadi. Bu haqda “Daryo”ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 19—23-mart kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida o‘tkaziladigan Xalqaro olimpiada ishtirok etish uchun Farg‘ona, Samarqand hamda Xorazm shahridagi “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari o‘rtasida aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha ikki bosqichda tayyorgarlik bellashuvlari o‘tkazilgan.

Dastlabki bosqich sinovlari joriy yilning 19-yanvar kuniga qadar harbiy akademik litseylarda, ikkinchi bosqichi esa 22—23-yanvar kunlari Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muxandislik bilim yurti bazasida bo‘lib o‘tdi.

G‘oliblarga fan olimpiadasining xalqaro bosqichiga yo‘llanma va Mudofaa vazirligi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur bellashuvlar “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarining ilmiy-ijodiy va intellektual salohiyatini shakllantirish, o‘quvchilar o‘rtasida bellashuv muhitini yaratish hamda Xalqaro olimpiadaga ishtirokchilarni sifatli tayyorlash maqsadida o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 21) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют