» » Niderlandiyada ilk bor nerv to‘qimasi regeneratsiyasi gen terapiyasi yordamida amalga oshirildi

Niderlandiyada ilk bor nerv to‘qimasi regeneratsiyasi gen terapiyasi yordamida amalga oshirildi


Niderlandiya neyrobiologiya instituti va Leyden tibbiyot markazi tadqiqotchilari gen terapiyasini qo‘llash yo‘li bilan shikastlangan nervning tiklanishini tezlashtirish mumkinligini ko‘rsatib berdi.

Olimlar jarrohlik amaliyoti va gen terapiyasini birgalikda qo‘llab, ilk marta katta uzunlikdagi nerv tolalarini saqlab qolish va regeneratsiyasini stimullashga erishdi. Kashfiyot nerv tizimi va tolalari jarohatlangan bemorlarga yangi davo usulini ishlab chiqishga qo‘yilgan birinchi muhim qadam sanaladi.

Tug‘ruq vaqtida yoki yo‘l-transport hodisasidan so‘ng bo‘yin qismidagi nervlar orqa miyadan sug‘urilib chiqishi mumkin. Natijada bemorning qo‘li o‘z funksiyalarini yo‘qotadi va kundalik harakatlarini bajara olmay qoladi (misol uchun, piyolada choy ichish).

“Operatsiyadan so‘ng nerv tolalari mushaklarga yetib borguncha bir necha santimetr masofani bosib o‘tishi kerak va buning uchun kerak bo‘ladigan nerv tolasiga ko‘p sonli nerv hujayralari zarur. Ko‘plab tiklangan nerv tolasi muskullargacha yetib bormaydi. Shuning uchun qo‘l funksiyasining tiklanishi chala qolib ketadi”, — deydi tadqiqotchi Ruben Eggers.

Neyroxirurgik tiklash va gen terapiyasini kombinatsiyalagan holda olimlar kalamushlarda nobud bo‘layotgan nerv hujayralarini saqlab qoldi va nerv tolalarining mushaklar tomonga o‘sishini stimulladi.

Tadqiqotda o‘sish faktoriga ega, keng qo‘llaniladigan antibiotik yordamida kerakli vaqtda faol va nofaol holatga o‘tkazish mumkin bo‘lgan gen terapiyasidan foydalanildi.

Boshqaruvchi gen immun tizimi tomonidan aniqlanib, uni yo‘qotish uchun immun reaksiya sodir bo‘lmasligi uchun olimlar “yashirin boshqaruvchi” versiyasini yaratdi.

“Yashirin genni boshqarish mumkinligi shikastlangan nervlarning gen terapiyasining rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Bunday ‘boshqaruvchining’ qo‘llanilishi gen terapiyasini xavfsizligi ta’minlagan holda uning rivojiga hissa qo‘shadi”, — deydi professor Yost Verxaagen.

Hozircha gen terapiyasi bemorlarda qo‘llash uchun tayyor emas. Davolovchi gen faoliyatini to‘xtatilganiga qaramay, tadqiqotchilar faol holatdagi genni aniqladi. Shu sababli bu davolash usulini optimallashtirish uchun keyingi tadqiqot ishlari zarur.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 36) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют