» » Qora dengizda yongan kemalarda to‘rt nafar turk fuqarosi halok bo‘lgani ma’lum qilindi

Qora dengizda yongan kemalarda to‘rt nafar turk fuqarosi halok bo‘lgani ma’lum qilindi


Kerch bo‘g‘ozi yaqinidagi Qora dengizda Candy va Maestro ikki tankerida yuzaga kelgan yong‘in oqibatida kamida to‘rt nafar turk fuqarosi halok bo‘lgan, deya xabar beradi “RBK”.

Sakkiz nafar turk fuqarosi qutqarilgan, yana to‘rt nafari bedarak yo‘qolgan, qidiruv ishlari davom etmoqda. Dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ikki kemada 16 nafar turk fuqarosi bo‘lgan.

Tanzaniya bayrog‘i ostidagi kemalardagi yong‘in 21-yanvar kuni sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in yoqilg‘ini bir kemadan ikkinchisiga quyish paytida sodir bo‘lgan.

AQShning sanksiyalari tufayli tankerlardan biri janubiy Rossiya portiga kira olmagani sababli kemalar ochiq dengizda yoqilg‘i quyishga majbur bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют