» » Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Otabek Nazirov Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi

Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Otabek Nazirov Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi


O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Otabek Nazirov Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi, deb xabar berdi vazirlik axborot xizmati.

14-yanvar kuni prezident farmoni bilan Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tugatilgan va uning o‘rnida uchta yangi tuzilma — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Kapital bozorni rivojlantirish agentligi tashkil etilgan edi.

Mazkur uch tuzilmadan biri hisoblangan Kapital bozorini rivojlantirish agentligi qimmatli qozog‘lar bozori, korporativ boshqaruv va fond birjalari faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha vakolatlarga ega bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Otabek Nazirov 1975-yilda tug‘ilgan. U AQShning Nyu-York universitetini tamomlagan. AQShdagi Goldman Sachs Group, The Avascent Group, JP Morgan Chase, Rossiyadagi “Troyka Dialog” va MDM-Bank kabi shirkatlarda ishlagan.

U 2018-yilning mayidan iyuniga qadar innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari, bugungi kunga qadar xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют