» » Toshkentda sirk tomoshalari soni oshirilib, xalqaro sirk san‘ati festivali o‘tkaziladi

Toshkentda sirk tomoshalari soni oshirilib, xalqaro sirk san‘ati festivali o‘tkaziladi


O‘zbek sirk san’atini yanada rivojlantirish va “O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot“ kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2019-yil 1-aprelgacha “O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasini investorlarga berish chora-tadbirlari amalga oshiriladi. Investorlarni jalb etish maqsadida doimiy ravishda homiylik yordami ko‘rsatishni nazarda tutuvchi “Do‘stlar klubi” tashkil etiladi.

Samarqand, Farg‘ona va Xiva shaharlarida 500-700 o‘ringa mo‘ljallangan sirklar tashkil etiladi.

Qaror bilan, 2019—2020-yilllarda o‘zbek sirk san’atini yanada rivojlantirish hamda “O‘zbek davlat sirki” faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi.

Mazkur reja quyidagilarni nazarda tutadi:

Endilikda Monte-Karlo va Budapesht xalqaro sirk festivallarida 1, 2 va 3-o‘rinlarni egallagan “O‘zbek davlat sirki” ijodiy jamoasining har bir a’zosi eng kam oylik ish haqining tegishlicha 100, 80 va 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

2021-yildan Toshkent shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro sirk san’ati festivali o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют