» » Sherali Jo‘rayev, Ortiq Otajonov va Feruza Jumaniyozova Mo‘ynoqda konsert berdi

Sherali Jo‘rayev, Ortiq Otajonov va Feruza Jumaniyozova Mo‘ynoqda konsert berdi


Umumxalq hashariga aylangan Orolning qurigan tubiga saksovul ekish ishlari san’atkorlarni ham befarq qoldirmadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston va Tojikiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev, O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston va Turkmaniston xalq artisti Ortiq Otajonov hamda xonanda Feruza Jumaniyozova Orol dengizining qurigan maydonida mehnat qilayotgan hasharchilar uchun konsert dasturlari namoyish etdi.

— Tumanimizga yurtimizning barcha viloyatlaridan kelib mehnat qilayotgan ishchilarning madaniy hordiq chiqarishi uchun qator tadbirlar tashkil etilmoqda. Taniqli san’atkorlar tez-tez kelib konsert dasturlari namoyish qilmoqda, odamlar bilan uchrashmoqda, — deydi Mo‘ynoq tumani hokimi o‘rinbosari Baxtiyor Menlibekov. — Ayniqsa, san’atkorlarning tashrifidan barcha xursand. Yangi yil bayrami hamda 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni arafasida ham san’at ustalari tashrif buyurgan edi.

San’atkorlar tomonidan Mo‘ynoqdagi 2-bolalar musiqa va san’at maktabida o‘quvchilar uchun mahorat darslari ham o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют