» » Xotin-qizlar qo‘mitasi kafilligida to‘rt nafar mahkuma ayol qamoqdan ozod etildi

Xotin-qizlar qo‘mitasi kafilligida to‘rt nafar mahkuma ayol qamoqdan ozod etildi


O‘zbekiston Oliy sudi va Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan ijtimoiy sheriklik asosida imzolagan memorandumga muvofiq Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Zangiota tuman sudi tomonidan 42-son manzilli koloniyasi binosida bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida o‘z xatosini to‘la anglab, jamiyat ravnaqi, oilasi farovonligi va farzandalari tarbiyasiga astoydil ahd qilgan to‘rt nafar mahkuma ayol Xotin-qizlar qo‘mitasi kafilligida muddatidan oldin ozod etildi. Bu haqda “Daryo”ga qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Ular uchun belgilangan jazo muddatlari qisqartirilib, o‘talmay qolgan muddat ahloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirildi.

Ozod etilgan ayollar oilasi bag‘riga qaytgach, jamiyat uchun foyda keltiradigan ishlar bilan shug‘ullanishga, farzandlari kamoli uchun jon kuydirishga so‘z berdi. Bu borada ularga O‘zbekiston

Xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘limlari va mahalla mutaxassislari birgalikda ko‘mak beradi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan jinoyat sodir etganligi uchun jazoni o‘tash muassasalaridan ozod etilgan ayollarni qayta o‘qitish va ishga joylashishi uchun maxsus kurslar ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют