» » Qiyomat kuni soatida yadroviy yarim tunga ikki daqiqa qoldi

Qiyomat kuni soatida yadroviy yarim tunga ikki daqiqa qoldi


Harakatlari yadro urushi va iqlim tahdidi xavfi darajasini aks ettiradigan Qiyomat kunining ramziy soatlari o‘qlari avvalgi ko‘rsatkichda qoldirilgan, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Hozir ularda ikki daqiqa kam yarim tunni ko‘rsatmoqda.

Qabul qilingan qaror barqarorlik belgisi emas, balki butun dunyo uchun jiddiy ogohlantirishdir.

Chikago universitetining The Bulletin of the Atomic Scientists loyihasi mualliflari mutaxassislarning fikricha, qiyomat kuni soati 1953-yilda odamlarning sovuq urushdan qo‘rquvi eng yuqori darajasi kabi, yarim tunga yaqin.

Shu bilan birga, agar dunyo rahbarlari ijobiy o‘zgarishlar qilishga harakat qilsa, vaziyat yaxshilanishi mumkin.

Qiyomat kuni soatlari

Qiyomat kuni soatlari 1947-yilda The Bulletin of the Atomic Scientists nashri muqovasida paydo bo‘lgan.

Yarim tungacha qolgan vaqt xalqaro vaziyatning keskinligidan dalolat beradi. Yarim tunning o‘zi esa yadroviy halokat belgisidir.

Soatni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni jurnal rahbarlari kengashi hamda orasida 18 nafar Nobel mukofoti sovrindorlari bo‘lgan ekspertlar qabul qiladi. So‘nggi yillarda o‘qlar faqat oldinga surilgan.

70 yil davomida soatlardagi vaqt 23 marta o‘zgargan. Sovuq urush tugaganidan so‘ng soat surilgan eng uzoq muddat 1991-yilda 17 daqiqa bo‘lgan.

O‘tgan yili AQSh va KXDR o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgani bois, soat o‘qi 30 soniyaga surilgan. Soat 1953-yilda vodorod bombasining birinchi sinovidan so‘ng yarim tunga bunaqa yaqin kelmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют