» » Samarqanddagi maktab gaz tarmog‘iga ulanish qoidalarini buzib, davlatga 56 mln so‘m zarar yetkazgan

Samarqanddagi maktab gaz tarmog‘iga ulanish qoidalarini buzib, davlatga 56 mln so‘m zarar yetkazgan


Samarqand shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining biri tekshirilganda 2 dona isitish qozonlari tabiiy gaz tarmog‘iga gaz hisoblagichsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanganligi, 2 dona isitish qozonlarining gaz hisoblagich tamg‘alari uzilgan holatda foydalanib kelinganligi aniqlangan. Natijada davlat manfaatlariga 56 million 770 ming so‘m miqdorda zarar yetkazilgan. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayevga ma’lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosining Samarqand shahar bo‘limi tomonidan maktab direktori U.M.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 185/2-moddasi (Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxsga eng yengil jazo eng kam oylik ish haqining 75 baravari miqdorida jarima, eng og‘ir jazo 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bo‘lishi mumkin.

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi Qo‘shrabot tuman elektr tarmoqlari korxonasiga qarashli uchastkalarning biridagi xodim G‘.Q. o‘zining xizmat vakolatlariga kirmaydigan ishlarga qo‘l urgani haqida ma’lum qildi.

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati Qo‘shrabot tuman bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaro G‘.E.ning murojaati o‘rganilgan. Unda G‘.E. o‘ziga tegishli bo‘lgan tikuv sexini uch fazali elektr tarmog‘iga ulash evaziga G‘.Q. undan 400 ming so‘m pul olganini ma’lum qilgan. Keyinroq G‘.Q. elektr tarmoqlari korxonasi balansida bo‘lgan “TE-73” markali 100 amperli elektron hisoblagichni, naryad hujjatlarisiz o‘rnatib berib, hujjatlarini to‘g‘rilab berish va hisoblagichni elektron bazaga kiritish evaziga 500 ming so‘m olgan. G‘.Q. fuqarodan olingan jami 900 ming so‘m pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosining Qo‘shrabot tuman bo‘limi tomonidan Qo‘shrabot tuman elektr ta’minoti korxonasiga qarashli uchastka xodimi G‘.Q.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxs uchun eng yengil jazo eng kam ish haqining 50 baravari miqdoridagi jarima, eng og‘iri 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют