» » Qarshida Janubiy Koreya hamkorligidagi isitish va sovutish uskunalari ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona qurilishi boshlandi

Qarshida Janubiy Koreya hamkorligidagi isitish va sovutish uskunalari ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona qurilishi boshlandi


24-yanvar kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidagi “Chaman” mahallasida O‘zbekiston–Janubiy Koreya hamkorligidagi “CENTURY-JV” qo‘shma korxonasining tamaltoshi qo‘yildi. Janubiy Koreya bilan hamkorlikda tashkil etilishi mo‘ljallangan korxonada import o‘rnini bosadigan 20 turdagi maishiy texnika vositalari ishlab chiqariladi.

Janubiy koreyalik ishbilarmonlar bilan birgalikda yangi korxona tashkil etib, xalqimiz ehtiyoji uchun mo‘ljallangan maishiy texnika vositalari ishlab chiqarishni maqsad qilganmiz. Biz korxona binosini quramiz, janubiy koreyalik hamkorlar esa jihozlash ishlarini bajarishadi. Korxona ishga tushgach, 20 turdagi maishiy texnika vositalari ishlab chiqarilish barobarida har bir mahsulotning 10 dan ortiq xili ham ishlab chiqarilishi mo‘ljallangan. Masalan isitish uskunasini olsak, uning ham 10 dan ortiq xili tayyorlanib, iste’molichlar e’tiboriga havola qilinadi.

Ulug‘bek Eshov, “Gabarit kenglik” MChJ rahbari

Ma’lum bo‘lishicha, loyihada korxonadan tashqari Janubiy Koreya andozasi asosida 50 o‘rinli mehmonxona, zamonaviy savdo markazi, o‘quv markazi hamda 150 o‘rinli bolalar bog‘chasi ham qurish ko‘zda tutilgan. Loyiha qiymati 6 million dollar bo‘lib, shundan 5 million dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyani tashkil etadi.

Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tish joizki, janubiy koreyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida ham “Listen” nomli qo‘shma korxona barpo etilgan bo‘lib, korxona mart oyida ishga tushishi mo‘ljallangan. Qo‘shma korxonada 5 turdagi tibbiy anjomlar ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют