» » Mast holatda piyodaning o‘limiga sababchi bo‘lgan andijonlik haydovchi 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Mast holatda piyodaning o‘limiga sababchi bo‘lgan andijonlik haydovchi 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi


Andijonda mast holatda avtomashina boshqarib ketayotib, piyodani urib yuborgan va uning o‘limiga sababchi bo‘lgan 25 yoshli haydovchiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi “Daryo”ga xabar bermoqda.

Hodisa sodir bo‘lgan 2018-yil 12-noyabr kuni soat 22:40 da M.A. spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda o‘ziga tegishli Nexia-3 avtomobilini hujjatlarsiz boshqarib ketayotgan bo‘lgan. Xo‘jaobod shahrining Bahrin MFYda joylashgan “Nuroniy” oshxonasi ro‘parasiga yetib borgan vaqtida yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan. U qatnov yo‘lining o‘rtasidagi temir panjara bo‘ylab unga nisbatan qarama-qarshi tomonlama piyoda yurib kelayotgan 1985-yilda tug‘ilgan D.R.ni avtomashinaning oldi chap tomoni bilan urib yuboradi. M.A. yo‘l-transport hodisasi sodir etib, o‘sha zahotiyoq hodisa joyidan qochib ketadi. Oqibatda hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati olgan jabrlanuvchi D.R. vafot etadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumani sudining 2019-yil 23-yanvar kungi hukmiga ko‘ra M.A. O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi va 117-moddasi (Xavf ostida qoldirish) 2-qismi bilan aybli deb topilib, sud tomonidan unga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют