» » OAV: AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqish masalasida “Tolibon” bilan muzokaralar olib bormoqda

OAV: AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqish masalasida “Tolibon” bilan muzokaralar olib bormoqda


AQSh va “Tolibon” harakati o‘zaro kelishuvga yaqin. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

New York Times nashriga ko‘ra, mazkur kelishuvga binoan AQSh qo‘shinlari toliblarning mamlakat hududiga “Al-Qoida” kabi terrorchi guruhlarni kiritmaslik va’dasi evaziga Afg‘onistondan olib chiqilishi mumkin.

Kelishuvni imzolash imkoniyati AQSh davlat kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzad boshchiligidagi delegatsiyaning “Tolibon” vakillari bilan Qatar poytaxti Doxadagi muzokaralarining to‘rtinchi kunida tug‘ildi.

Toliblar AQSh bilan muzokaralardagi asosiy vakil sifatida “Tolibon” harakati asoschilaridan biri Abdulg‘ani Birodarni tayinladi.

Kelishuvning aniq tafsilotlari, jumladan, Afg‘onistondan olib chiqiladigan qo‘shinlar soni va muddatlar yuzasidan muzokaralar davom etayotgani bildirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 17:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют