» » Turkiya mustaqil ravishda Suriyada xavfsizlik hududini yaratishga qodirligini ma’lum qildi

Turkiya mustaqil ravishda Suriyada xavfsizlik hududini yaratishga qodirligini ma’lum qildi


Turkiya Suriyada xavfsizlik hududini mustaqil ravishda yaratishga qodir, biroq boshqa davlatlar bilan ham hamkorlik qilishdan bosh tortmaydi, deya xabar beradi “TASS”.

“Xavfsiz hudud — Rajab Toyyib Erdo‘g‘on g‘oyasi. Agar AQSh yoki boshqa davlatlar biz bilan hamkorlik qilmoqchi bo‘lsa biz bunga qarshi emasmiz, ammo biz bu hududni mustaqil yarata olamiz”, — deydi Respublika tashqi ishlar vaziri Mevlut Chovusho‘g‘lu.

Tashqisiyosiy idora rahbari hozircha manfaatdor tomonlar bilan muzokaralar olib borilayotgani, biroq aniq bitimlar yo‘qligini ma’lum qilgan.

Turkiya prezidenti AQSh prezidenti Donald Tramp bilan 15-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng, Suriyaning shimolida bufer zonasini yaratish niyatini tasdiqlagan. Respublika prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Anqara yerdagi xavfsizlikni ta’minlashga tayyor, Amerika tomoni esa havo kengligida. Shu bilan birga, Turkiyaning rasmiy vakili Ibrohim Kalinning aytishicha, bufer zonasi yaratiladigan bo‘lsa, uning nazorati Turkiya tomonidan amalga oshiriladi.

Bufer zonasini yaratish bo‘yicha muzokaralar 2013-yilda Suriya inqirozi oqibatida boshlangan. Anqara ushbu g‘oyaga deyarli har yili qaytadi, lekin har safar bir qator sabablarga ko‘ra rejalar amalga oshmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют