» » Toshkent davlat agrar universitetida Yevropa Ittifoqining Tempus dasturi doirasida Uzhealth loyihasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat agrar universitetida Yevropa Ittifoqining Tempus dasturi doirasida Uzhealth loyihasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi


Toshkent davlat agrar universitetida Yevropaning yetakchi oliy o‘quv yurtlari, O‘zbekistondagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari va tegishli vazirliklar bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqining Tempus dasturi doirasida Uzhealth loyihasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Yevropa Ittifoqining Tempus dasturi doirasida 2013-yildan buyon Uzhealth loyihasi tashkil etilib, u O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarining salomatlik, sog‘liqni saqlash, veterinariya, oziq-ovqat xavfsizligi, ekologiya yo‘nalishlarini takomillashtirishga qaratilgan. Loyiha doirasida salohiyatli kadrlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirishga ham alohida urg‘u berilmoqda. Natijada mamlakat yoshlari xorijdagi nufuzli ta’lim dargohlarida bilimini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Mazkur loyiha doirasida Yevropaning to‘rtta yetakchi ta’lim muassasasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Sog‘liqni saqlash, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirliklari va o‘nta eng nufuzli oliy ta’lim muassasasi talaba va professor-o‘qituvchilari o‘rtasidagi hamkorlik samarali yo‘lga qo‘yilgan.

Tadbirda ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, malakali kadrlarni yetishtirish tizimini rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-03-2017, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют