» » MIB toshkentlik ayolning farzandi uchun salkam 50 mln so‘m aliment undirib berdi

MIB toshkentlik ayolning farzandi uchun salkam 50 mln so‘m aliment undirib berdi


Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining 2015-yil 18- iyundagi ijro varaqasiga asosan qarzdor B.Usmonovdan undiruvchi M.Usmonova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituvida bo‘lib, mazkur ijro hujjati yuzasidan qarzdor 2016-yildan boshlab farzandi uchun aliment pullarini umuman to‘lamay kelgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

MIB Chilonzor tumani bo‘limi tomonidan mazkur ijro ishi bo‘yicha qayta hisob-kitob qilinganida, qarzdor B.Usmonovning voyaga yetmagan farzandining ta’minoti uchun alimentdan qarzdorligi 35 oyga (2016-yildan 2018-yilning dekabr oyiga qadar) jami 49,628,343 so‘mni tashkil qilganligi ma’lum bo‘ldi.

Bo‘lim tomonidan olib borilgan huquqiy ta’sir choralari natijasida qayta hisoblangan aliment pullari undiruvchiga voyaga yetmagan farzandi uchun undirib berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют