» » Surxondaryodagi paxta tozalash korxonasida 214 mln so‘mlik talon-torojliklar fosh etildi

Surxondaryodagi paxta tozalash korxonasida 214 mln so‘mlik talon-torojliklar fosh etildi


Surxondaryodagi paxta tozalash korxonasida 214 mln so‘mlik talon-torojliklar fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Inspeksiyaning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tekshirishda, viloyatdagi paxta tozalash korxonalarining birida sex boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan S.S. go‘yoki belgilangan tartibda saqlanmaganligi, sifati buzilganligi natijasida ekish uchun yaroqsiz holga kelib qolgan 5 turdagi umumiy qiymati 214,4 mln. so‘mlik 72 tonna sara urug‘lik chigitlarni soxta dalolatnomalar rasmiylashtirgan holda chiqim qilib, juda ko‘p miqdordagi davlat mulkini talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют