» » Nukusda uch egizak qiz dunyoga keldi

Nukusda uch egizak qiz dunyoga keldi


24-yanvar kuni Nukus tumani “Oqterak” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Murat Jumamuratov va Nargiza Menglibekovaning farzandlari soni olti nafarga yetdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Gap shundaki, birdaniga uch qiz egizak farzandlar dunyoga kelib, ota-onasi bag‘rini to‘ldirdi.

E’tiborlisi, bundan oldingi safar ham ushbu oilada ikki egizak tug‘ilgandi.

— Xushxabarni eshitishimiz bilan tug‘ruqxonaga borib, baxtiyor ona va chaqaloqlar holidan xabar oldik, — deydi tuman Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Sarvinaz Abatova. — Kelgusida ular doimiy e’tiborimizda bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют