» » Qatar Janubiy Koreyani mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor Osiyo Kubogi yarim finaliga chiqdi (video)

Qatar Janubiy Koreyani mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor Osiyo Kubogi yarim finaliga chiqdi (video)


25-yanvar, juma kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogining chorak final bahslari doirasida kunning birinchi o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Unda Qatar terma jamoasi yarim final yo‘llanmasi uchun Janubiy Koreya termasiga qarshi maydonga tushdi va kichik hisobda g‘alaba qozondi (1:0).

Uchrashuvning 79-daqiqasida Qatar terma jamoasi yarim himoyachisi Abdulaziz Hatam o‘yindagi yagona golga mualliflik qildi. Qatar shu tariqa o‘z tarixida ilk bor Osiyo Kubogi yarim finaliga chiqdi.

Endi arablar musobaqaning final yo‘llanmasi uchun BAA—Avstraliya juftligi g‘olibi bilan kurash olib boradi.

Osiyo Kubogi—2019

1/4 final bahslari

25-yanvar, juma

Gol: 0:1 — 79 Hatam.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют