» » Nexia Rossiya ikkilamchi bozorida talabgir bo‘lgan xorijiy mashinalar o‘nligiga kirdi

Nexia Rossiya ikkilamchi bozorida talabgir bo‘lgan xorijiy mashinalar o‘nligiga kirdi


Nexia 2018-yilda Rossiya ikkilamchi bozorida talabgir bo‘lgan avtomobillar o‘nligiga kirdi. Bu haqda “Avtostat” agentligi ma’lumotlariga tayanib, “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

O‘tgan yil davomida jami 59 600 ta Nexia sotilgan, bu ko‘rsatkich 2017-yilgidan 8 foizga yomonroqdir. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Nexia reytingning to‘qqizinchi o‘rnidan joy oldi.

2018-yil yakunlari bo‘yicha ikkilamchi bozorda ommaboplik bo‘yicha xorijiy avtomobillar orasida Ford Focus yetakchilik qilmoqda. U 137 500 marta qayta sotilgan, bu 2017-yilgidan 4 foizga ortiqdir.

Eslatib o‘tamiz, GM Uzbekistan kompaniyasi 2018-yilda Rossiyada 5 184 ta Ravon avtomobilini sotdi. O‘zbekistonda yig‘ilgan Ravon oxirgi marta may oyida sotilgan. Shundan so‘ng Rossiya salonlariga avtomobillarni yetkazish to‘xtatilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 62) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют