» » O‘zbekistonlik opera qo‘shiqchisi Ramiz Usmonov Rossiyada yakkaxon konsert beradi

O‘zbekistonlik opera qo‘shiqchisi Ramiz Usmonov Rossiyada yakkaxon konsert beradi


26-yanvar kuni Moskva davlat Kreml saroyida an’anaviy tarzda bo‘lib o‘tadigan “Romansiada yulduzlari” xalqaro gala-konsertida O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Ramiz Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ishtirok etadi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov xabar bermoqda.

Dunyoning yigirmadan ziyod mamlakatidan qatnashishi kutilayotgan jahon operasining eng yorqin vakillari musiqiy kechasida Ramiz  Usmonov ispaniyalik taniqli bastakor Agustin Laraning “Granada” nomli qo‘shig‘ini ijro etadi.

Shuningdek, xonanda 27-yanvar kuni Moskva shahridagi “Romanschilar uyi” konsert zalida o‘zining “Mening quyoshim” deb nomlangan yakkaxon konsertini opera ixlosmandlari e’tiboriga havola etadi. Mazkur dasturda Ramiz Usmonov jami 16 ta qo‘shiq va ariyalar kuylashi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Ramiz Usmonov 2008-yilda Rossiya Federatsiyasida bo‘lib o‘tgan “Romansiada – 2008” xalqaro tanlovida ikkinchi o‘rinni egallagan. Bundan tashqari, u shu kunga qadar Germaniya, Avstriya, Ozarbayjon. Belorussiya, Qozog‘iston singari mamlakatlarda o‘tkazilgan xalqaro musiqiy tanlov, festivallarda qatnashib, yuqori o‘rinlar va o‘z muxlislarini topishga muvaffaq bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют