» » Namanganda 26 yoshli ayol 3 oydan beri 3 nafar qizi bilan ijtimoiy moslashuv markazida yashab kelmoqda

Namanganda 26 yoshli ayol 3 oydan beri 3 nafar qizi bilan ijtimoiy moslashuv markazida yashab kelmoqda


Namanganda ijtimoiy moslashuv markazlari faoliyatiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Viloyat hokimligi axborot xizmati tomonidan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Irodaxon Qo‘chqorova amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

Davlat rahbari qarori asosida viloyatning barcha tuman va shaharlarida tashkil etilgan ijtimoiy moslashuv markazlari tomonidan og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan shaxslar, xususan, xotin-qizlarga ruhiy-psixologik, ma’naviy va tezkor ijtimoiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.

Shahar va tumanlardagi markazlarga hozirga qadar xotin-qizlardan jami 2304 ta murojaat kelib tushdi. Ulardan 385 nafariga tibbiy, 202 nafariga psixologik, 146 nafariga huquqiy xizmat, 177 nafariga kredit olishda yordam ko‘rsatildi, 683 nafari ishga joylashtirildi. Ajrashish yoqasida turgan 711 oila yarashtirildi.

— Namangan shahridagi ijtimoiy moslashuv markaziga o‘tgan yil oxirigacha 500 dan oshiq murojaat bo‘ldi, ulardan aksariyati oilaviy kelishmovchiliklar, ajrimlar masalasida, — deydi markaz direktori Nazira Rahimjonova. —Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollarga qo‘ldan kelgancha ko‘mak berib kelyapmiz. Jumladan, asli namanganlik, Qirg‘izistonga turmushga chiqib, erining vafotidan so‘ng vataniga qaytib kelgan 68 yashar Zamira aya Abdulhamidova 20 kun davomida markazimizda yashadi. U kishini qariyalar uyiga joylashtirish tadorigini qo‘rayotganimizda shaharning Islomobod mahallasida istiqomat qiluvchi ayol kelib, o‘zi bilan olib ketdi. “Yangi qurilish” mahallasida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan N.B oilaviy muammolar tufayli 3 oydan beri 3 nafar qizi bilan markazimizda yashab kelmoqda. Endi uni sud tartibida uyiga kiritishga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Shu kabi muammolar ko‘plab yuzaga kelayotgani bois ijtimoiy moslashuv markazlarini moliyalashtirishni yo‘lga qo‘yish, shtat birliklari ajratish, shifokorlar, psixologlar, yuristlarni jalb etish zarurati tug‘ilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют