» » Nukusda tug‘ilgan uch egiz qiz, Toshkentda ish joyida vafot etgan shifokor, eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari va kunning boshqa qiziqarli xabarlari

Nukusda tug‘ilgan uch egiz qiz, Toshkentda ish joyida vafot etgan shifokor, eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari va kunning boshqa qiziqarli xabarlari


25-yanvarning e’tiborga molik xabarlari — “Daryo” dayjestida.

Nukusda uch egizak qiz dunyoga keldi.

24-yanvar kuni Nukus tumani “Oqterak” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Murat Jumamuratov va Nargiza Menglibekovaning oilasida uch egizak tug‘ildi.

E’tiborlisi, bundan oldingi safar ham ushbu oilada ikki egizak tug‘ilgandi.

***

Toshkentda 52 yoshli shifokor ish joyida to‘satdan vafot etdi.

Yunusobod tumanidagi shahar 1-sonli klinik bolalar shifoxonasining yetakchi jarrohi Farhod Akromov  ish joyida vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘limga bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi (insult) sabab bo‘lgan.

***

2018-yilda eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari reytingi tuzildi.

Eng kassabop filmlarning aksariyati 2018-yilning ikkinchi yarim yilligida premyera qilingan.

***

Shahzoda Muhammedova turmushga chiqqandan keyin to‘ylarda boshlovchilik qilish va aktrisalikni davom ettirish shartini ma’lum qildi.

“Hozir Rossiyada yashayotganim uchun to‘y xizmatlariga taklif etishsa yo‘l xarajatlarimni va xizmat haqqimni to‘lashsa albatta boraman”, — dedi u.

***

O‘zbekiston Mudofaa vaziri ilk marta AQShdagi harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini kuzatadi.

O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra mamlakat mudofaa idorasi vakillari Kemp-Shelbi harbiy bazasida (Missisipi shtati) “Janubiy zarba” o‘quv mashg‘ulotlarining faol fazasini kuzatib boradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют