» » Andijonda 2 nafar chaqiriluvchini 600 dollar evaziga tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni va’da qilgan shifokorlar ushlandi

Andijonda 2 nafar chaqiriluvchini 600 dollar evaziga tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni va’da qilgan shifokorlar ushlandi


Andijon tuman mudofaa ishlari bo‘yicha doimiy chaqiruv komissiyasining katta shifokori Sanobar Latipova (ism-shariflar shartli) viloyat mudofaa ishlari bo‘yicha chaqiruv komissiyasining shifokori Ahmadjon Sobirov bilan hamkorlikda harbiy xizmatga noloyiq deb topilgan yigitlarga “yordam” bermoqchi bo‘ldi. Bu haqda “Xalq so‘zi” ma’lum qildi.

Odamlar bilan muloqot qilishga usta bo‘lib ketgan shifokor ayol zudlik bilan ishga kirishdi. Natijada ikki yigitning ota-onasi bilan bog‘lanib, 300 AQSH dollari evaziga muammoni hal qilib berishi mumkinligini aytdi. Shu tariqa ikki nafar fuqarodan 600 AQSH dollarini undirdi.

300 dollarni o‘z ehtiyoji uchun olib qo‘ygan Sanobarxon Latipova pulning qolgan qismini shifokor Ahmadjon Sobirovga pora sifatida berayotgan paytida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют