» » Gretsiya parlamentida Makedoniyaning nomi bo‘yicha ovoz berish bo‘lib o‘tdi

Gretsiya parlamentida Makedoniyaning nomi bo‘yicha ovoz berish bo‘lib o‘tdi


Gretsiya parlamentida Skopye bilan Makedoniya Respublikasining qayta nomlanishi yuzasidan kelishuv bo‘yicha ovoz berish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, shartnomani ratifikatsiya qilish uchun 300 nafar deputatdan 153 nafari ovoz bergan, 146 kishi qarshi chiqqan, bir kishi ovoz bermagan.

Qayd etilishicha, ovoz berganlarning ko‘pchiligi, 145 nafar deputat, hukmron SIRIZA partiyasi a’zolari hisoblanadi.

2018-yilning 17-iyunida Afina va Skopye Makedoniya Respublikasining Shimoliy Makedoniya Respublikasi deb qayta nomlanishi haqida kelishuvni imzolagan. Gretsiyada ba’zi kishilar faqat mamlakat shimolidagi tarixiy hudud aholisini makedoniyaliklar deb atash mumkin, qo‘shni davlat aholisi esa bunday atalmasligi kerak, deb hisoblaydi.

Kelishuvga qarshi bo‘lganlar Makedoniyada ham mavjud. Aholining bir qismi shartnoma xalqning milliy o‘zligini buzadi, deb hisoblaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют