» » O‘zbekistonda Afg‘onistonda halok bo‘lgan jangchilar nomlari abadiylashtiriladi

O‘zbekistonda Afg‘onistonda halok bo‘lgan jangchilar nomlari abadiylashtiriladi


Respublika Veteran uyushmasi tashkil topganining 25 yillik sanasi va sobiq ittifoq qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqarilganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan Toshkentda baynalminal-jangchilar bilan ishlashga qaratilgan qator tadbirlar o‘tkaziladi. Bu haqda uyushma raisi Tal’at Murodovga tayanib, Sputnik xabar berdi.

Jumladan, Toshkentda MDH davlatlari hukumatlari rahbarlari kengashi qoshidagi baynalminal-jangchilar masalalari bo‘yicha muvofiqlashtirish kengashi majlisi o‘tkaziladi. Yig‘ilishda Sobiq Ittifoq Qahramoni Ruslan Aushev, “Boyevoye bratstvo” Butunrossiya veteranlar jamoatchilik tashkiloti yetakchisi Boris Gromov, Mudofaa bo‘yicha Federatsiya kengashi qo‘mitasi sobiq a’zosi Frans Klinsevich hamda Baynalminal jangchilar qo‘mitasi raisi Aleksey Kovalyovlar ishtirok etadi.

Shuningdek, 1-fevral kuni, o‘z askarlik burchini ado etayotib halok bo‘lgan 1515 nafar inson ismlari Mustaqillik maydonidagi motamsaro ona memorialiga kiritiladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston mustaqilligi va konstitutsion tuzumini himoya qilayotib jon fido qilgan ofitserlar familiyalari ham ro‘yxatdan joy oladi.

Xuddi shu kuni “Turkiston” saroyida bayram konserti tashkil etiladi va bu tadbirga respublikaning barcha viloyatlaridagi urush faxriylari taklif etiladi. Tadbir O‘zbekiston hukumati, Mudofaa vazirligi, “Yoshlar ittifoqi” va jamoatchilik tashkilotlari ko‘magida tashkil etilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 1979-yildan 1989-yilga qadar Afg‘onistonda bo‘lib o‘tgan harbiy harakatlarda 65 ming nafarga yaqin o‘zbekistonliklar ishtirok etgan. Ulardan bir yarim mingga yaqini halok bo‘lgan, 2,5 mingga yaqini esa jarohat olib, bir umrga nogiron bo‘lib qolgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют