» » Yevropa Ittifoqi vakili: Shavkat Mirziyoyevning Bryusselga tashrifi bilan shoshilmaslik kerak

Yevropa Ittifoqi vakili: Shavkat Mirziyoyevning Bryusselga tashrifi bilan shoshilmaslik kerak


Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Bryusselga tashrifini batafsil ishlab chiqish lozimligi, shoshilishga zarurat yo‘qligini ma’lum qildi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Avvalroq Yevroparlamentning Markaziy Osiyo va Mo‘g‘iliston mamlakatlari bilan aloqalari bo‘yicha raisi Iveta Grigule-Peterse Toshkentga tashrifi davomida Mirziyoyevni 2019-yil boshida Bryusselda kutishayotganligini ma’lum qilgan edi.

“Tashrifni batafsil ishlab chiqish lozim, eng yuqori darajada faol muloqot olib borilmoqda, shoshilmasligimiz kerak”, — dedi Burian Toshkentda 24—25-yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan “Yevropa Ittifoqi—Markaziy Osiyo” atrof-muhit sohasidagi hamkorlik bo‘yicha yuqori darajadagi konferensiya doirasida.

U, shuningdek, tashrifga tayyorgarlik ikki tomonlama yangi kelishuv bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar bilan bog‘liqlikda amalga oshirilishi lozimligini qo‘shimcha qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют