» » 2018-yilda Ozbekiston aholisining umumiy daromadi 10 foizga oshdi

2018-yilda Ozbekiston aholisining umumiy daromadi 10 foizga oshdi


2018-yilda Ozbekiston aholisining umumiy daromadi hajmi 286,3 trillion somni tashkil etib, yil davomida 10,3 foizga oshdi. Bu haqda Ozbekiston Respublikasi Davlat statistika qomitasi matbuot xizmati malum qildi, deb yozadi Gazeta.uz.

Aholi jon boshiga umumiy daromadlari 8,686 million som, real umumiy daromadlari 7,391 million somni tashkil etdi.

Aholining umumiy daromadlari - majburiy tolovlar va boshqa ajratmalarni amalga oshirgunga qadar bolgan yalpi daromadni ifoda etadi. Aholining umumiy daromadiga pul daromadlari va natura shaklidagi daromadlar kiradi hamda doimiy asosda, takrorlanuvchi xususiyatga ega bolgan, yillik yoki undan kam vaqt oraligidagi davrda uy xojaligi yoki uning alohida azolariga tushadigan tushumlardan tarkib topadi.

Aholi jon boshiga ortacha umumiy daromadlari boyicha Toshkent shahrida (16,2 million som) hamda Navoiy (13,5 million som), Buxoro (10,8 million som), Xorazm (9,1 million som) va Toshkent (9,1 million som) viloyatlarida ortacha respublika darajasidan yuqori korsatkichlar qayd etilganligi kuzatildi. Aholi jon boshiga daromadlarning eng quyi korsatkichlari esa Qoraqalpogiston Respublikasi (6,3 million som) va Namangan viloyatida (6,8 million som) qayd etildi.

Aholi umumiy daromadlari hajmining sezilarli darajada osishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 71,1 foiz ulushga ega bolgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (yollanma ishchilarning daromadlari va mustaqil ravishda band bolishdan olingan daromadlar) va 23,5 foizini tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli ozgarishi hisobiga yuzaga kelgan.Mol-mulkdan olingan daromadlar 3,5 foiz, shaxsiy istemol uchun ozida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar 1,8 foizni tashkil etgan.

Mol-mulkdan olingan daromadlarning umumiy hajmi 33,5 foizga 9,9 trillion somgacha oshgan. Bunda 69 foizi Toshkent ulushiga togri kelgan.

Transfertlardan olingan daromadlar tarkibida ijtimoiy transfertlar 38,7 foiz, boshqa joriy transfertlar 61,3 foizni tashkil qilgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (25-01-2019, 23:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ... -