» » Angliya Kubogi. “Manchester Yunayted”ning navbatdagi “qurboni” “Arsenal” bo‘ldi (video)

Angliya Kubogi. “Manchester Yunayted”ning navbatdagi “qurboni” “Arsenal” bo‘ldi (video)


25-yanvar, juma kuni futbol bo‘yicha Angliya Kubogining 4-bosqich bahslari doirasida dastlabki 2 ta uchrashuv nihoyasiga yetdi.

Ushbu bosqichdagi markaziy o‘yin “Emirates” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda Unai Emeri qo‘l ostidagi “Arsenal” klubi Ole-Gunnar Sulsher boshqaruvidagi “Manchester Yunayted” jamoasini qabul qildi va 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Bellashuvning 31-daqiqasida Aleksis Sanches Romelu Lukaku uzatgan to‘pni “kanonirlar” darvozasiga kiritdi (1:0). Oradan 2 daqiqa o‘tib, “mankunianlar” hujumchisi Jessi Lingard jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi (2:0). Ushbu golga ham Romelu Lukaku assistentlik qildi.

1-bo‘limning so‘nggi daqiqalarida Pyer-Emerik Obameyang oradagi farqni qisqartirdi (1:2).

O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 8 daqiqa qolanda Aleksis Sanches o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Antoni Marsial Peter Chex darvozasini ishg‘ol qildi (3:1).

Shu tariqa “Manchester Yunayted” Angliya Kubogi 1/8 finaliga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, “Qizil iblislar” yangi murabbiy qo‘l ostida ketma-ket 8 ta o‘yinda g‘alaba qozondi.

Angliya Kubogi

4-bosqich bahslari

25-yanvar, shanba

Gollar: 0:1 — 6 Bivers, 1:1 – 8 O’Dovda, 2:1 — 30 Elliasson.

Gollar: 0:1 — 31 Sanches, 0:2 — 33 Lingard, 1:2 — 43 Obameyang, 1:3 — 82 Marsiyal

“Arsenal”: Chex, Meytlend-Nayls, Sokratis (Mustafi, 21), Kosyelni (Gunduzi, 64), Kolashinats, Torreyra, Jaka, Ivobi (O‘zil, 64), Remzi, Obameyang, Lyakazett.

“Manchester Yunayted”: Romero, Yang, Lindelyof, Bayi, Shou, Errera, Matich, Pogba, Lingard (Jons, 88), Lukaku (Reshford, 72), Sanches (Marsial, 72).

Ogohlantirishar: Kosyelni (54), Yang (68), Lingard (76), Kolashinats (86), Reshford (86), Genduzi (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют