» » O‘zbekistonda ilk ekologik umumxalq xayriya hashari boshlandi

O‘zbekistonda ilk ekologik umumxalq xayriya hashari boshlandi


O‘zbekistonda 26-yanvar kuni erta tongdan ilk bor umumxalq ekologik xayriya hashari boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Hashardan tushgan mablag‘lar Orol dengizining suvi qurigan maydonlarida himoya o‘rmonlari tashkil etish, mintaqada ekologik holatni va aholining yashash sharoitini yaxshilash, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish ishlariga sarflanadi.

Bugungi kunda mamlakatda Orol dengizining suvsiz qolgan hududida yashil o‘rmonlar barpo etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Agar mustaqillik yillarida O‘zbekiston bo‘yicha 1 million 220 ming gektarga yaqin o‘rmonzor yaratilgan bo‘lsa, shundan 400 ming gektardan ortig‘i aynan Orolbo‘yi hududida barpo etilgan.

Bu masalada qabul qilinayotgan maxsus dasturga ko‘ra, Orol dengizining suvsiz hududida kelgusi yilda yana 500 ming gektar o‘rmonzor barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Aholining yashash sharoitini yaxshilash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasining shahar va qishloqlarida yangi qurilishlar amalga oshiriladi. Xususan, Mo‘ynoq tumanida barcha zarur infratuzilmalarga ega bo‘lgan zamonaviy shaharcha bunyod etilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda boshlangan umumxalq ekologik xayriya hashari Orolbo‘yidagi ekologik halokat oqibatlarini yumshatish borasidagi tashabbuslar va sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash, mintaqadagi ekoholatni va aholining yashash sharoitlarni yaxshilashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют