» » Fergyuson 19 ta o‘yinda erishgan natijani Sulsher 8 ta uchrashuvda qayd etdi

Fergyuson 19 ta o‘yinda erishgan natijani Sulsher 8 ta uchrashuvda qayd etdi


25-yanvar, juma kuni bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha Angliya Kubogining 4-bosqich bahslari doirasida “Arsenal” klubi o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ga mag‘lub bo‘ldi (1:3).

“Mankunianlar” Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostiga o‘tgandan ketma-ket 8 ta uchrashuvda g‘alaba qozondi. Bu klub tarixidagi eng yaxshi natija.

“Yunayted”ning eng omadli murabbiyi Aleks Fergyuson ham ushbu natijaga klub boshqaruvini qo‘lga olgandan so‘ng 19 ta o‘yinda qayd etgan.

45 yoshli norvegiyalik mutaxassis avvalroq Mett Basbi rekordini yangilagan edi. U “Manchester Yunayted”dagi faoliyatini Angliya chempionatida 5 ta g‘alaba bilan boshlagan (1946-yil avgust-sentabr oylari).

Ayni damda Sulsher APLda 6 ta, Angliya Kubogida 2 ta g‘alabaga erishdi.

Ma’lumot uchun, “mankunianlar” so‘nggi 8 ta uchrashuvda raqib darvozasiga 22 ta gol urdi va o‘z darvozasidan 5 ta to‘p olib chiqdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют