» » Qashqadaryodagi 4 nafar hokim 2018-yil fuqarolar bilan Xalq qabulxonalarida muloqot o‘tkazmagan

Qashqadaryodagi 4 nafar hokim 2018-yil fuqarolar bilan Xalq qabulxonalarida muloqot o‘tkazmagan


2018-yil davomida Shahrisabz shahri, Kitob, Chiroqchi va Mirishkor tumani hokimlari hudud aholisi bilan Xalq qabulxonalarida deyarli muloqot o‘tkazmagan. Shu sababli fuqarolar shahar va tumanlarda tashkil qilingan sektorlar faoliyatini kuchaytirish zarurligini aytib, rahbar va mas’ul xodimlarning sayyor qabullari va uyma-uy yurishlari faqat hisobot uchun bo‘lib qolayotgani xususida bildirishgan. Bu haqda viloyat hokimligi yuridik xizmati rahbari Abdushukur Omonov “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2018-yil mahalliy hokimiyat vakillariga (viloyat hokimligi, shahar va tuman hokimliklari) aholidan jami 65 ming 496 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 29 ming 755 tasi Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonasi orqali tushgan.

Virtual va Xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan murojaatlarning 4299 tasi Qarshi shahriga, 2927 tasi Dehqonobod, 2709 tasi Chiroqchi va 1924 tasi Qarshi tumaniga to‘g‘ri keladi. Ushbu shahar va tumanlarda murojaatlar bilan ishlashda samarali tizim tashkil qilinmagani sababli fuqarolar respublika va viloyat idoralariga chiqishga majbur bo‘lishgan.

Fuqarolar asosan uy-joy, uy-joy qurish uchun yer uchastkasi olish, ishga joylashish, sog‘liqni saqlash, kredit, moddiy yordam va nafaqa olish, kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish va aholi turmush sharoiti bilan bog‘liq boshqa masalalar yuzasidan murojaat qilishgan.

Viloyatda murojaatlarni qanoatlantirish darajasi 56,2 foiz bo‘lganda Qarshi shahrida 34,2, Shahrisabz shahrida 35,3, Kitob tumanida 36,4 foizni tashkil qiladi. Tahlillar mazkur tuman va shaharlarda murojaatlarning ijobiy yechimini topishga yetarli darajada e’tibor qaratilmaganini ko‘rsatmoqda.

2018-yili virtual va Xalq qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlarning 2468 tasi muddatidan kechiktirib yopilgan. Ularning 318 tasi Koson, 293 tasi G‘uzor, 247 tasi Mirishkor tumani va 251 tasi Qarshi shahriga to‘g‘ri keladi. 30 kundan oshiq muddatda yopilgan murojaatlar jami 1497 ta bo‘lib, shundan 203 tasi Koson, 183 tasi Mirishkor tumaniga, 181 tasi Shahrisabz shahriga va 178 tasi G‘uzor tumaniga to‘g‘ri keladi.

Shu asosda 2018-yilda murojaatlarni ko‘rib chiqishda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan 98 nafar viloyat, shahar va tuman hokimliklari mas’ul xodimlariga intizomiy choralar qo‘llanilgan. Bir qancha xodimlar vazifasidan ozod qilingan. Ayrim rahbarlar prokuratura idoralari tashabbusi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

O‘tgan yilda takroriy murojaatlar 2763 tani tashkil qilib, 466 tasi Qarshi tumaniga, 456 tasi Kitob, 380 tasi Kasbi, 329 tasi G‘uzor va 328 tasi Yakkabog‘ tumaniga to‘g‘ri kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют